O'zbekiston

Andijonda uch nafar voyaga yetmagan shaxs radar qurilmasini kanalga tashlab yubordi

O‘smirlar radarni yog‘och bilan urib tushirgan.

Andijonda uch nafar voyaga yetmagan shaxs radar qurilmasini kanalga tashlab yubordi

 

Andijon viloyatining Marhamat tumanida uch nafar voyaga yetmagan shaxs avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish radarini o‘g‘irlashda gumonlanmoqda. Holat tumanning Kotarma mahallasi hududidan o‘tuvchi Asaka magistral yo‘lida sodir bo‘lgan.

 

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar yo‘l harakati qoidalari buzilishini aniqlash uchun o‘rnatilgan radar qurilmasini urib tushirgan va keyinchalik yaqin atrofdagi sug‘orish kanaliga tashlab yuborgan.

 

9-yanvar kuni huquqni muhofaza qilish organlariga mazkur radar yo‘qolganligi haqida xabar kelib tushgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoyat 26-dekabr kuni sodir etilgani aniqlangan.

 

Tergov jarayonida o‘smirlar qurilmani ag‘darish va joyidan sug‘urib olish uchun taxminan besh metrli yog‘och to‘sinlardan foydalangani ma’lum bo‘ldi.

 

Hozirda mazkur holatga aloqador uch nafar voyaga yetmagan shaxslar aniqlangan. Mazkur fakt yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda uch nafar voyaga yetmagan shaxs radar qurilmasini kanalga tashlab yubordi | Zamon.uz