O'zbekiston

Jizzaxda tanishini Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz ushlandi

Qiz jabrlanuvchiga Bangkokda kuniga 400 dollargacha daromad va’da qilib, barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Jizzaxda tanishini Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz ushlandi

 


Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yosh qizni xorijga noqonuniy olib chiqishga urinish holati aniqlangan. Gumonlanuvchi tanishini Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan.


Ma’lum bo‘lishicha, G‘allaorol tumanida yashovchi 19 yoshli qiz Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi tengqurini Bangkok shahriga borishga ko‘ndirgan. U jabrlanuvchiga xorijda yuqori daromad topish, xususan, fohishalik orqali kuniga 350–400 dollar ishlash mumkinligini aytib ishontirgan. Shuningdek, safar bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘zi qoplashini bildirgan.


12-yanvar kuni Toshkent–Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar rasmiylashtirilgan va qizlar Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘l olgan. Biroq ular manzilga yetib bora olmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Dўstlik tumanidagi “Manas-14” nazorat postida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.


Tekshiruv davomida qizlarning mobil telefonlari, xorijga chiqish pasportlari va aviachiptalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda tanishini Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz ushlandi | Zamon.uz