Jahon

Pokistonda savdo markazidagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi

Halok bo‘lganlarning shaxsi sud-tibbiy ekspertiza orqali aniqlanmoqda.

Pokistonda savdo markazidagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi

 

Pokistonning Karachi shahrida joylashgan yirik savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi. Qutqaruv xizmatlari voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 17-yanvar kuni savdo markazida kelib chiqqan. Anadolu ajansi nashrining xabar berishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana 30 nafar qurbonning jasadini topgan. Halok bo‘lganlarning shaxsi sud-tibbiy ekspertiza orqali aniqlanmoqda.

 

Yong‘indan so‘ng o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgani haqida ham xabarlar mavjud bo‘lib, qidiruv ishlari shu yo‘nalishda davom ettirilmoqda.

 

Yong‘in sodir bo‘lgan savdo majmuasi taxminan 8 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, unda qariyb 1200 ta do‘kon joylashgan. Hodisa oqibatida binoning bir qismi qulab tushgan.

 

Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmagan. Vakolatli idoralar tomonidan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"