Jahon

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

U va sheriklari 270 nafar chet ellik fuqaroga soxta shartnomalarni internet orqali sotgan.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

 

Novosibirsk viloyatining Karasuk tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblab hibsga olindi. Ayblanuvchi va uning sheriklari kamida 270 nafar chet ellik fuqaroga soxta shartnomalarni internet orqali sotgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Viloyat umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Xidirov va uning guruh aʼzolari oldindan til biriktirib, noqonuniy migratsiyani tashkil etgan. Shu tariqa ular Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aʼzo davlatlari fuqarolariga onlayn tarzda soxta fuqarolik shartnomalarini tuzib, sotgan.

 

Kutilayotgan sud jarayonida ayblanuvchiga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismining “a” va “d” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud tomonidan ayblanuvchiga nisbatan 2026 yil 28 fevralgacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va jinoyatda gumon qilinayotgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

72 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgandan buyon 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan.

custom img

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri

Vazir Muhammad bin Abdulaziz al-Xulayfiy Eron va Qo‘shma Shtatlarni vositachilik yo‘li bilan yechim topish uchun muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.

custom img

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi

So‘rovning sabablaridan biri sifatida Trampning urush tugagandan keyin Venesueladagi kabi Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiligi keltirilgan.

custom img

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi

Isroil harbiylari Bayrutdagi mehmonxonada eronlik agentlarning maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor bo‘lgan.

custom img

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar muftiylari fatvosi asosida qabul qilingan.

custom img

Energiya inqirozi fonida Pokistonda maktablar yopiladi va ish haftasini qisqartiriladi

Davlat xarajatlarini kamaytirish doirasida amaldorlar maoshi qisqartirilib, xizmat transportidan foydalanish cheklanadi.

custom img

Pentagon rahbari Eronga qarshi zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi

Operatsiyada ko‘plab qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar jalb qilinadi.

custom img

Turkiyada qulagan raketa Eron bilan bog‘liq emas — Eron TIV

Anqara havo hududi buzilishiga qarshi choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"