O'zbekiston

Dubayda o‘zbekistonliklar o‘lim jazosiga hukm qilingani yo‘q — TIV

Zamon.uz tarqalayotgan xabarlarga TIV orqali oydinlik kiritdi.

Dubayda o‘zbekistonliklar o‘lim jazosiga hukm qilingani yo‘q — TIV

 

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025-yil aprel oyida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Kun.uzʼga ko‘ra, 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida O‘zbekiston fuqarolaridan olti nafari o‘lim jazosiga, yana bir kishi esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Zamon.uz ushbu xabar yuzasidan TIV bilan boglandi. TIV matbuot kotibi tarqalayotgan ushbu xabarlar noto‘g‘ri ekanini maʼlum qildi.

 

“2025 yilning aprel oyida Amirlik hududida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarolariga joriy yilning 21 yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, bir nafar fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”, - dedi zamon.uz so‘roviga javoban TIV matbuot kotibi.

 

Maʼlumot uchun, 2025-yil aprel oyida Dubaydagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida o‘zbekistonliklardan iborat ikki guruh o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz bergan. Mojaro oqibatida bir kishi pichoq zarbasidan vafot etgan, yana bir shaxs og‘ir tan jarohati olib komaga tushgan. Keyinchalik komadagi jabrlanuvchi ham vafot etib, qurbonlar soni ikki nafarga yetgan.

 

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, oldindan kelishmovchiligi bo‘lgan ikki guruh aʼzolari tasodifan uchrashib qolgan. Qizil rangli Mercedes avtomobilidan tushgan shaxsga bir necha kishi hujum qilib, uni pichoqlagan, uning sherigi esa qochishga uringan, biroq qo‘lga olinib kaltaklangan. Dubay polisi voqea joyini o‘rab olib, kuzatuv kameralari yozuvlari va guvohlar ko‘rsatmalari asosida gumonlanuvchilarni tez fursatda aniqlagan va mehmonxonalardan birida qo‘lga olgan.

 

Keyinchalik ushbu ish doirasida jami 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingani maʼlum qilingan edi. Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi bunday holatlar ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston TIV fuqarolarni xorijda mamlakat obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Mazkur voqealardan keyin esa ayrim o‘zbekistonliklarning BAAga kirishida muammolar kuzatilgani qayd etilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Dubayda o‘zbekistonliklar o‘lim jazosiga hukm qilingani yo‘q — TIV | Zamon.uz