Jahon

Moskva Ramzan Qodirovning o'limiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Adam Qodirov avtohalokatga uchraganidan so'ng Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar fonida uning vorisi kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi muhokamalar kuchaydi.

Moskva Ramzan Qodirovning o'limiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 

So‘nggi haftalarda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar fonida uning vorisi kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi muhokamalar kuchaydi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Grozniy va Moskva Qodirovdan keyingi davr ssenariylarini jiddiy muhokama qilmoqda.

 

“Novaya Gazeta Yevropa” nashrining xabar berishicha, 2025-yil dekabr oyi oxirida Ramzan Qodirov shoshilinch ravishda Moskvadagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 11-yanvar kuni Ukraina OAVlari razvedka manbalariga tayanib, Checheniston rahbari buyrak yetishmovchiligi bilan og‘ir ahvolda ekanini va uning qarindoshlari Moskva shahriga kelganini ma’lum qilgan.

 

Kreml va “Yagona Rossiya”ga yaqin manba “Muhim hikoyalar” nashriga bergan izohida Chechenistondagi vaziyat nihoyatda murakkab ekani va federal markaz muqobil yechimlar ustida ish olib borayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov tirik ekan, ochiq siyosiy jarayonlar kuzatilmaydi, biroq hududda ichki jarayonlar qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy voris shaxs Qodirovlar oilasi xavfsizligini ta’minlay olishi, shuningdek, federal markaz uchun barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli vorislik masalasi Kreml uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.

 

Muhokamalarning kuchayishiga Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov bilan bog‘liq avtohalokat ham sabab bo‘lgan. U ayrim axborot manbalarida Chechenistonning kelajakdagi rahbari sifatida tilga olinmoqda. Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Adam Qodirov 30 yoshga to‘lmaguniga qadar, ya’ni 2037-yilgacha respublikaga rahbarlik qila olmaydi.

 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, muqobil nomzodlar orasida Benoy teipi vakillari hamda Federal xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan Apti Alaudinov nomi tilga olinmoqda. Kreml hozircha rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, vaziyat Rossiya siyosiy doiralari tomonidan jiddiy baholanmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Moskva Ramzan Qodirovning o'limiga tayyorgarlik ko‘rmoqda | Zamon.uz