Jahon

NATO parchalanmoqda — NYT

Yevropa yetakchilari AQShning yangi tashqi siyosati NATO doirasidagi o‘zaro ishonchga putur yetkazayotganini ta’kidlamoqda.

NATO parchalanmoqda — NYT

 

 

The New York Times Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi yakunlariga tayanib, AQSh siyosiy yo‘nalishidagi o‘zgarishlar NATOning kelajagini xavf ostiga qo‘yayotganini yozdi. Nashrga ko‘ra, Vashingtonning so‘nggi qarorlari Yevropa davlatlari orasida AQSh endi mintaqa xavfsizligiga yetarli darajada sodiq emas, degan xavotirlarni kuchaytirmoqda.

 

Qayd etilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya masalasidagi keskin pozitsiyasi va Yevropa davlatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish tahdidi transatlantik ittifoqni zaiflashtirishi mumkin. Yevropa yetakchilari bu siyosat NATO doirasidagi o‘zaro ishonchga putur yetkazayotganini ta’kidlamoqda.

 

Shu bilan birga, ekspertlar NATOning ehtimoliy parchalanishi birdaniga emas, balki bosqichma-bosqich kechishi mumkinligini qayd etmoqda. Ayrim davlatlar AQShga harbiy va siyosiy jihatdan qaramlikni qayta ko‘rib chiqish hamda Yevropaning strategik mustaqilligini kuchaytirish tarafdori bo‘lib chiqmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Davosdagi muzokaralar davomida Donald Tramp va NATO bosh kotibi Mark Ryutte Grenlandiya masalasida murosaga kelgan. Natijada AQShning ayrim Yevropa davlatlariga nisbatan bojlar joriy etish rejalari bekor qilingan. Biroq, NYT ta’kidlashicha, bu kelishuv NATO atrofidagi chuqur siyosiy shubhalarni to‘liq bartaraf eta olmasligi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

NATO parchalanmoqda — NYT | Zamon.uz