O'zbekiston

O‘shda mast erkak xotinini ayovsiz kaltaklab, pichoqladi

Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

O‘shda mast erkak xotinini ayovsiz kaltaklab, pichoqladi

 

 


Qirg‘izistonning O‘sh shahrida og‘ir oilaviy zo‘ravonlik holati qayd etildi. Bugun, 24-yanvar kuni erta tongda ko‘p qavatli uylar hovlisida mast erkak o‘z xotinini shafqatsizlarcha kaltaklab, qorniga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Hodisa guvohlarining aytishicha, voqea taxminan soat 4:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda “24kg” nashri xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, ayol og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, er-xotinning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Holat yuzasidan O‘sh viloyati Ichki ishlar departamenti rasmiy izoh bergan.


Departament ma’lumotiga ko‘ra, taxminan soat 5:00 da Ok-Buura tuman militsiya bo‘limiga tez tibbiy yordam xodimlaridan 1999-yilda tug‘ilgan ayol tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi eridan qochishga uringan paytda jarohat olgan.


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mast holatda bo‘lgan 32 yoshli erkakni qisqa fursatda qo‘lga olgan. Hozirda ayol shifoxonada davolanmoqda, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘shda mast erkak xotinini ayovsiz kaltaklab, pichoqladi | Zamon.uz