O'zbekiston

Toshkentdagi bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi

Bog‘cha ma’muriyati mazkur holat aniqlangach, tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirgan.

Toshkentdagi bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi

 

 

 

Toshkent shahridagi xususiy bog‘chalardan birida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Millar” ko'rsatuvi xabar berdi. Voqea Olmazor tumanida joylashgan “American Daycare” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo'lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 22-yanvar kuni bo‘lgan. Tarbiyachi tushlik vaqtida uxlamagan bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targan. Bog‘cha ma’muriyati mazkur holat aniqlangach, tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirgan.

 

Bolaning onasi so‘zlariga ko‘ra, tarbiyachi barcha bolalar turganidan keyin uning farzandiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan va natijada bolaning burni qonagan. “Bolamni kiyintirib, yuz-qo‘lini yuvib, yonimga tushirib yuborishganda men bog‘chaga kelgan edim”, — deydi u.

 

Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat hozirda boshqarma tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mazkur voqea yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi | Zamon.uz