O'zbekiston

IIVning ikki sobiq o‘rinbosari “aqlli svetoforlar ishi” doirasida qamoqqa olindi

Ular davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

IIVning ikki sobiq o‘rinbosari “aqlli svetoforlar ishi” doirasida qamoqqa olindi

 

 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining lavozimidan bir kunda ozod etilgan ikki sobiq o‘rinbosari — Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani aytilmoqda. Bu haqda "Daryo" xabar bergan. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan tergov ishlari “aqlli svetoforlar” loyihasi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida olib borilmoqda. Ular davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

 

Manbalar ta’kidlashicha, mazkur ish doirasida bir nechta shaxslar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, biroq hozircha tergov tafsilotlari oshkor etilmayapti. Qamoqqa olish ehtiyot chorasi sifatida qo‘llangani qayd etilmoqda.

 

Ayni paytgacha rasmiy idoralar ushbu xabarga nisbatan rasmiy munosabat bildirmagan. Masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tergov davomida e’lon qilinishi kutilmoqda.

custom img

Ramazon oyining 29 kun bo‘lishi tabiiy holat — Fatvo markazi

Bu Oy harakatiga asoslangan hijriy-qamariy taqvim bilan bogʻliq va ro‘za savobiga ta’sir qilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligi Ramazon kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga qulay tashrif sharoitini yaratadi.

custom img

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Samarqand viloyatida yaylovlar, chorvachilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

custom img

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Shuningdek, xususiy avtomashina garajiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi

Shahar va tumanlarda 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyorligi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Jaloliddin Manguberdi" poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga bordi

Prezident Narpay tumanidagi tuproqsiz qulupnay yetishtiriladigan issiqxona bilan tanishdi

custom img

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Ramazon hayiti munosabati bilan yetkazilgan mazkur yordam Hayratonda mamlakat vakillariga topshirildi.

custom img

Samarqandga yana 150 ta elektrobus olib kelinadi

Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"