O'zbekiston

“Ovqatimizga ataylab cho‘chqa go‘shti qo‘shib berishdi”- urushdan qochgan yigit

Rossiyada taksistlik qilgan yigit  o‘zi bilmagan holda psixotrop moddalari savdosiga aralashib, 9 yil-u 6 oyga qamalgan. So‘ngra, rossiyalik harbiylar jazoni ijro etish muassasasiga kelib, uni va boshqalarni afv etish va mamlakat fuqaroligini berish evaziga urushga taklif etgan. Ammo, jazo o‘tayotganlarning hech biri bunga rozi bo‘lmagach, ruslardan tashqari barcha millat vakillari qattiq rejimdagi izolyatorga o‘tkazilgan.

“Ovqatimizga ataylab cho‘chqa go‘shti qo‘shib berishdi”- urushdan qochgan yigit

 

Namanganda Rossiya armiyasiga yollangan yigit jinoiy jazoga tortildi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

Sud hukmida keltirilishicha, Namangan tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan R.S. 2021-yil 2-oktabr kuni  ishlab pul topish maqsadida Rossiyaga borgan. U yerda taksistlik qilgan R.S. 2022-yilning yanvar oyida psixotrop moddalarning noqunoniy savdosi bilan ushlanib, 9 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

2024-yilning sentabr oyida bir guruh rossiyalik harbiylar Nevyansk shahridagi JIYEMga kelib, R.S. va boshqa mahbuslarni urushga taklif etgan. Ularga 1 yillik shartnoma imzolash evaziga afv etilishi, oyiga 200 000 rubl maosh(30 mln so‘m atrofida) to‘lanishi hamda mamlakat fuqaroligi berilishi vaʼda qilingan. Dastlab bunga hech kim rozi bo‘lmagan. Oktyabr oyida esa JIYEM maʼmuriyati hech qanday sabablarsiz rus millariga mansub bo‘lmagan barcha mahbuslarni qattiq rejimdagi izolyator(karser)ga o‘tkazish boshlangan.  

 

“2024-yil 3-oktabr kuni bizni karserga kiritishdi, u yerning sharoiti juda yomon - zax, devorlari yorilgan va havosi juda sovuq edi. JIYEM maʼmuriyati karserdagilarning ovqatiga ataylab cho‘chqa go‘shti qo‘shib berishardi, suvni ham o‘chirib qo‘yishdi. Shu bilan birga bizga psixologik va jismoniy tazyiq o‘tkazishardi, shu orada, JIYEM boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kim urushga ketishga rozi bo‘lsa va urushda ishtirok etish bo‘yicha bir yillik shartnomaga imzo qo‘ysa, karserdan chiqishini, agar imzo qo‘ymasa, karserdan chiqmasligini, shu yerda o‘lib ketishini aytdi, shundan so‘ng 2025-yil 4-yanvar kuni sharoit juda yomon bo‘lganligi va o‘lib ketmaslik uchun jazo muddatini o‘tayotgan boshqa shaxslar bilan ularning taklifiga rozi bo‘ldik” – deydi yigit suddagi ko‘rsatmasida.

 

2025-yil 5-yanvar kuni esa sudlanuvchi R.S. hamda uning hamrohlari Ukrainaning Donesk viloyati Metalist qishlog‘ida joylashgan dala poligoniga olib borilgan. U yerda 10 kun tayyorgarlikdan o‘tishgach, oddiy askar harbiy unvoni va motoo‘qchi lavozimi berilgan. Shundan keyin, ular Zverova qishlog‘i yo‘nalishidagi jang maydoniga yo‘naltirilgan.  Jangga kirishdan oldin har birlarini avtomat kalashnikov, bronojilet, kaska, 4 ta magazin va 4 ta granata bilan qurolantirishgan.

 

“Jangga kirish oldidan qism komandiri kim jang maydonidan ortiga qaytsa, yaʼni chekinsa o‘sha zahoti otib o‘ldirilishi to‘g‘risida buyruq berdi, shundan so‘ng jangovar harakatlarga kirdik, 2025-yil 16-yanvar kuni sheriklarimning barchasi ukrainalik harbiylar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida vafot etishdi. Men tanamga o‘q parchalari urilib jarohat olganim tufayli ortga qaytdim”- deydi yigit ko‘rsatmasida.

 

Shundan so‘ng, R.S.ni 24-yanvar kuni Rossiya tasarrufidagi Selidova shahri orqali Yekaterinburgdagi harbiy gospitalga olib borishgan. Yigit u yerda sog‘aymagach, mamlakatning turli hududlaridagi harbiy gospitallarda davolanib chiqqan. 21-mart kuni esa  gospitaldan qochib, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasidan yordam so‘ragan. Nihoyat, yigit 28-mart sanasida “Domodedva-Namangan” aviayo‘nalishida Vatanga qaytib kelgan.

 

JIB Namangan tuman sudining 2025-yil 30-dekabrdagi hukmi bilan R.S.ga 3 yil 6 oy muddatga ishlash, shuningdek ish joyigacha borish va uyiga qaytish vaqtidan tashqari ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"