O'zbekiston

O‘zbekistonda onlayn savolnomalarni noto‘liq to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi ishga tushirildi

Fuqarolar endi xatolik yoki yetishmayotgan ma’lumotlar bo‘lsa, tizim orqali ogohlantiriladi va savolnomani qayta to‘ldirish imkoniyati beriladi.

O‘zbekistonda onlayn savolnomalarni noto‘liq to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi ishga tushirildi

 

 

Endilikda, onlayn savolnomalarni faqat bir kishi nomidan to‘ldirib, bir xona­donda yashovchi boshqa a’zolarni kiritmagan fuqarolar tizim tomonidan avtomatik ogohlantiriladi. Qonunchilikka muvofiq, qarindoshlik darajasidan qat’i nazar, bir xonadonda yashovchi barcha shaxslar ro‘yxatga birga olinishi majburiy hisoblanadi.

 

Shuningdek, mavjud yer maydonlari, yetishtirilayotgan mahsulotlar, qoramol va parranda soni kabi ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsatmaslik holatlari ham tizim orqali aniqlanadi va ogohlantirish yuboriladi.

 

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikat olgan fuqarolardan platformaga qayta kirib, sertifikat oynasidagi ogohlantirishlarni diqqat bilan tekshirishlari so‘ralmoqda. Agar xatolik mavjud bo‘lsa, savolnomani qayta to‘ldirish tavsiya etiladi. Aks holda, 4–28 fevral kunlari mahalla vakillari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

 

Ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi aholining va qishloq xo‘jaligining haqiqiy holatini belgilash uchun zarur bo‘lib, ushbu ma’lumotlar asosida ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilma sohalarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilinadi. Shu bois barcha fuqarolar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda savollarga mas’uliyat bilan, to‘liq va to‘g‘ri javob berishga chaqirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda onlayn savolnomalarni noto‘liq to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi ishga tushirildi | Zamon.uz