O'zbekiston

Mahalliy hokimliklar tomonidan 400 ga yaqin hujjat asossiz yashirilgani aniqlandi

Farg‘ona, Xorazm va Buxoro viloyatlarida shaffoflik bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Mahalliy hokimliklar tomonidan 400 ga yaqin hujjat asossiz yashirilgani aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan viloyat, tuman va shahar hokimliklarida hujjatlarning ochiqligi holati o‘rganilib, 386 ta hujjat asossiz ravishda “faqat rasmiy foydalanish uchun” (DRU) belgisi bilan maxfiylashtirilgani aniqlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablag‘ ajratish, kadrlarni lavozimga tayinlash va boshqa muhim boshqaruv qarorlari noqonuniy ravishda jamoatchilikdan yashirilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mazkur hujjatlar ochiq e’lon qilinishi lozim.

 

Agentlik tomonidan “E-qaror” axborot tizimi monitoringi davomida jami 1 907 ta maxfiy ma’muriy qaror tahlil qilinib, ularning har beshtadan bittasi qonuniy asoslarsiz maxfiylashtirilgani aniqlangan.

 

Aniqlangan hujjatlar quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi:

  • 156 ta — lavozimlarga tayinlash bo‘yicha;
  • 68 ta — tashkiliy tuzilmalarni tasdiqlash haqida;
  • 46 ta — byudjet mablag‘larini taqsimlashga doir;
  • 34 ta — rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha;
  • 82 ta — boshqa turdagi qarorlar.

 

Shaffoflik bo‘yicha eng salbiy holat Farg‘ona viloyatida qayd etilib, bu yerda qabul qilingan hujjatlarning 44 foizi yashirilgan. Shuningdek, Xorazm (39 foiz), Buxoro (37 foiz), Qashqadaryo (26 foiz) va Samarqand (15 foiz) viloyatlarida ham kamchiliklar aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va bir qator viloyat hokimliklariga 68 ta hujjatni zudlik bilan e’lon qilish, shuningdek, mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish talabi bilan rasmiy bildirishnomalar yuborildi.

 

Qolgan hujjatlar hozirda o‘rganilmoqda va ularning har biri bo‘yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mahalliy hokimliklar tomonidan 400 ga yaqin hujjat asossiz yashirilgani aniqlandi | Zamon.uz