O'zbekiston

Toshkentda yo‘l talashgan ayol haydovchilar jarimaga tortildi

Janjal YTH sabab yuz bergan. Shundan so‘ng ikkala ayol ham maʼmuriy jarimaga tortilib, jarima va moddiy zarar MIB orqali undirilgan.

Toshkentda yo‘l talashgan ayol haydovchilar jarimaga tortildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025 yil 3 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan, yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Sudda ko‘rib chiqilgan ish materiallariga ko‘ra, hodisa ikki nafar ayol haydovchi o‘rtasida yo‘lda harakatlanish jarayonida yuzaga kelgan. Tomonlardan biri ikkinchisiga yo‘l bermagani sababli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Hodisadan so‘ng, haydovchilar avtomashinalardan tushib, “sen menga yo‘l berishing kerak edi” mazmunida o‘zaro tortishib, janjal kelib chiqqan.

 

Sud qaroriga muvofiq, qarzdor G.dan jabrlanuvchi X. foydasiga 4 700 000 so‘m miqdorida yetkazilgan moddiy zararni undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati 2026 yil 7 yanvar kuni Byuroning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

 

Aniqlanishicha, qarzdor avtotransport vositasini belgilangan tartibda majburiy sug‘urtadan o‘tkazmagani sababli, yetkazilgan zarar sug‘urta hisobidan emas, balki uning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplangan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorga qonun talablari to‘liq tushuntirilib, ixtiyoriy ijro muddati ichida 4 700 000 so‘m mablag‘ to‘liq to‘lab berilgan.

 

Shuningdek, sud tomonidan yo‘l-transport hodisasidan keyin jamoat tartibini buzib, o‘zaro janjal chiqargani uchun har ikki nafar ayol haydovchiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, har biriga 2 060 000 so‘m miqdorida, yaʼni eng kam oylik ish haqqining 5 barobariga teng jarima tayinlangan.

 

Natijada, moddiy zarar ham, maʼmuriy jarimalar ham to‘liq undirilib, ijro hujjatlari amalda tamomlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda yo‘l talashgan ayol haydovchilar jarimaga tortildi | Zamon.uz