1-apreldan alkogol va tamaki mahsulotlari naqd pulga sotilmaydi
To‘lovlar bank kartalari, elektron ilovalar va QR-kod orqali amalga oshiriladi.

2026-yil 1-apreldan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olishda to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi.
To‘lovlarni bank kartalari, elektron to‘lov ilovalari hamda QR-kod orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Mazkur tartib savdo jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, qonunbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Naqd pulsiz to‘lov tizimi xaridorlar uchun qulaylik yaratib, savdo munosabatlarida xavfsizlikni oshiradi.







