O'zbekiston

Yevropa sudi ilk bor Navalniyning Usmonov haqidagi bayonotlarini tarqatishni taqiqladi

Аввалроқ, Германия нашри Усмонов ўз бойлигини “Кремл манфаатлари йўлида ёки унинг топшириғи билан ишлатгани” ва “Ўзбекистонда Россия ҳукуматининг норасмий вакили бўлгани” ҳақида бир нечта мақолалар чиқарган эди.

Yevropa sudi ilk bor Navalniyning Usmonov haqidagi bayonotlarini tarqatishni taqiqladi

Gamburg yer sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) nashriga qarshi da’vosini qanoatlantirdi. Sud FAZ tomonidan e’lon qilingan bir qator bayonotlarni tuhmat deb topib, ularni tarqatishni taqiqladi. Bu haqda “RBK” nashriga Usmonovning matbuot xizmati va uning advokatlari ma’lum qilgan.

 

23-yanvar kuni e’lon qilingan sud qaroriga muvofiq, taqiqni buzganlik uchun har bir holat bo‘yicha 250 ming yevrogacha jarima belgilangan. Agar jarimani undirish imkoni bo‘lmasa, har bir holat uchun olti oygacha ma’muriy qamoq, umumiy hisobda esa ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutiladi.

 

Sud FAZ’ning Usmonov o‘z boyligini go‘yoki “Kreml manfaatlari yoki topshirig‘i asosida” ishlatgani, Rossiya hokimiyati manfaatlarini O‘zbekistonda norasmiy tarzda ifodalagani hamda 2006-yilda “Kommersant” gazetasi sotib olingach, uning tahririyat siyosatiga aralashgani haqidagi da’volarini asossiz deb topdi. Shuningdek, Aleksey Navalniyga oid, avval Rossiya sudlari tomonidan yolg‘on deb topilgan bayonotlarni tarqatish ham man etildi.

 

Usmonov manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Yoaxim Shtaynxefel sud qarorini sharhlar ekan, FAZ materiallaridagi asosiy iddaolar “yolg‘on va obro‘sizlantirilgan narrativlar aralashmasi” ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng Usmonov G‘arb OAVlariga qarshi bir nechta sud ishlarida g‘alaba qozongan, Germaniyada unga nisbatan ochilgan tergovlar esa 2024–2025-yillarda to‘xtatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yevropa sudi ilk bor Navalniyning Usmonov haqidagi bayonotlarini tarqatishni taqiqladi | Zamon.uz