Jahon

Qozogʻiston va Isroil o'rtasida turizmni rivojlantirish uchun vizasiz tartib joriy etildi

Ostonada bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida Isroil tashqi ishlar vaziri ushbu tashrif Isroil–Qozog‘iston munosabatlarini yanada mustahkamlash va ularning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qozogʻiston va Isroil o'rtasida turizmni rivojlantirish uchun vizasiz tartib joriy etildi

 

 

Isroil va Qozog‘iston o‘zaro turizmni rivojlantirish maqsadida muhim kelishuvga erishdi. Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar va Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev milliy pasport egalari uchun viza talablarini bekor qilishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladilar. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

 

Hujjat ikki mamlakat fuqarolarining sayohatini yengillashtirishga qaratilgan.

 

Ostonada bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida Gideon Saar ushbu tashrif Isroil–Qozog‘iston munosabatlarini yanada mustahkamlash va ularning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, u Qozog‘istonning Avraam kelishuvlariga qo‘shilganini olqishlab, bu Markaziy Osiyodagi muhim siyosiy qadam ekanini qayd etdi.

 

Yermek Kosherbayev esa Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirib, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ostona xalqaro huquq va BMT Nizomiga asoslangan muloqotni rivojlantirish tarafdori bo‘lib qoladi hamda ikki davlatli yechimni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Tashrif doirasida savdo, innovatsiya, oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslarini boshqarish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning joriy yil oxirida Qozog‘istonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilayotganini ham ma’lum qildi. Ushbu kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozogʻiston va Isroil o'rtasida turizmni rivojlantirish uchun vizasiz tartib joriy etildi | Zamon.uz