O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqaraga yetib keldi

Oliy martabali mehmonlarni “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va rafiqasi kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqaraga yetib keldi

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Turkiya poytaxti Anqara shahriga keldi.

 

“Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi. Aeroportda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

 

Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Bugun Oqsaroy qarorgohida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

a

Anqaradagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar joy majmuasining ochilishi, shuningdek, Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimlar ham rejalashtirilgan.

custom img

Surxondaryoda “Media haftalik” boshlandi

Tadbir ishtirokchilari real keyslar, amaliy treninglar va jonli muhokamalar orqali zamonaviy media jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

“Kreditga taqiq” xizmati orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

custom img

O‘zbekistonda dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi

Har yili 1-mayga qadar chetlariga ekin ekilmagan yerlar hamda ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

custom img

Toshkent viloyati tog‘larida yo‘qolgan 4 yoshli bola topildi

Bolaning oila a’zolari uni tog‘ tepasida uni unutib qoldirgan.

custom img

Xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang — DXX

Abonentning ovozi yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan holda yaqinlarini aldashda qo‘llanilishi mumkin.

custom img

Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini 1 oy ichida to'lasa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev moliyaviy jarimalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.

custom img

O'zbekistonda 2026-yil boshidan beri 1102 ta YTH qayd etildi, 31 foizi o‘lim bilan tugagan

Eng ko‘p YTH tezlikni oshirish oqibatida sodir bo‘lmoqda.

custom img

Andijonda iqlimga mos suv ta’minoti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida moliyalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqaraga yetib keldi