O'zbekiston

Andijonda yo‘l o‘rtasida salomlashgan haydovchilar boshqa avtomobil jarimaga tortilishiga sabab bo‘ldi

Matiz va Nexia-2 rusumli avtomobillar haydovchilari svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab, mashinadan tushgan holda yo‘l o‘rtasida salomlashib, yashil chiroqda ham harakatlanmagan. Natijada ushbu avtomobillar ortida turgan Spark haydovchisi yo‘l to‘silib qolgani sabab qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqishga majbur bo‘lgan.

Andijonda yo‘l o‘rtasida salomlashgan haydovchilar boshqa avtomobil jarimaga tortilishiga sabab bo‘ldi

 

 

 

Andijon shahrida noodatiy yo‘l harakati holati kuzatildi. 26-yanvar kuni Milliy tiklanish ko‘chasidagi Bo‘ston chorrahasida Matiz va Nexia-2 rusumli avtomobillar haydovchilari svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab, mashinadan tushgan holda yo‘l o‘rtasida salomlashib ketgan. Hatto chiroq yashil rangga o‘tgach ham ular harakatni davom ettirmagan. Bu haqda viloyat YHXB ma'lum qildi. 

 

Natijada ushbu avtomobillar ortida turgan Spark haydovchisi yo‘l to‘silib qolgani sabab qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqishga majbur bo‘lgan. Shu paytda u maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari orqali qoida buzgan sifatida qayd etilib, BHMning 10 barobari — 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

 

Andijon viloyati YHXB tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida Matiz va Nexia-2 haydovchilari aniqlanib, ular yo‘l harakati qoidalarining 31- va 91-bandlarini buzganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Viloyat YHXB axborotiga ko‘ra, Spark haydovchisiga yozilgan jarima bekor qilinmagan. Biroq Matiz va Nexia-2 haydovchilari ushbu jarimani o‘z hisobidan to‘lab berishga rozi bo‘lgan. Ular yo‘l o‘rtasida ko‘rishib ketish noto‘g‘ri bo‘lganini tan olib, boshqa haydovchidan yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘rashgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda yo‘l o‘rtasida salomlashgan haydovchilar boshqa avtomobil jarimaga tortilishiga sabab bo‘ldi | Zamon.uz