O'zbekiston

Sog‘lom avlod yo‘lida katta qadam: giyohvandlikka qarshi oylik boshlandi

2025-yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan respublikada giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq 15 mingdan ortiq jinoyat aniqlangan.

Sog‘lom avlod yo‘lida katta qadam: giyohvandlikka qarshi oylik boshlandi

 

O‘zbekistonda yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik boshlandi. Ushbu tashabbus yoshlarni turli narkotik vositalarning salbiy taʼsiridan himoya qilish, ularda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan munosabatni shakllantirish hamda narkojinoyatchilikka qarshi umummilliy immunitetni kuchaytirishni maqsad qilgan.

 

Bugungi kunda giyohvandlik muammosi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, ayrim yoshlarning narkotik moddalar isteʼmoliga yoki narkojinoyatlarga jalb etilishi holatlari profilaktik ishlar samaradorligini oshirishni talab etmoqda.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan respublikada giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq 15 mingdan ortiq jinoyat aniqlangan. Tezkor tadbirlar natijasida 3 tonnadan ortiq narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilib, ularning isteʼmolga chiqib ketishi oldi olingan.

 

Shu bilan birga, narkotik moddalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 14 ta yashirin laboratoriya fosh etildi. Achinarlisi, javobgarlikka tortilganlar orasida o‘quvchi va talabalar ham bor.

 

Mazkur muammoga qarshi tizimli kurashni kuchaytirish maqsadida 2025-yilda Prezident farmoni bilan 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan milliy dastur qabul qilingan bo‘lib, unda yoshlar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastur doirasida fevral oyida profilaktik oylik o‘tkazish belgilangan.

 

Oylikka rasmiy start berish maqsadida bugun Toshkent shahrida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Narkotiklar va qurollarni nazorat qilish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasidagi vazirliklar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda yoshlar o‘rtasida amalga oshiriladigan profilaktik, targ‘ibot va tushuntirish ishlari rejasi taqdim etildi.

 

Tadbir doirasida ilk bor yangi formatda “Yoshlar forumi” ham o‘tkazildi. Forumda poytaxt mahallalari yoshlar yetakchilari, taʼlim muassasalari vakillari, psixologlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Dastur “Badal” nomli qisqa metrajli film premyerasi bilan ochilib, yoshlarga hayotiy saboq beruvchi chiqishlar, taqdimotlar va interaktiv tadbirlar bilan davom etdi.

 

Forum yakunida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilishda jamoatchilik, taʼlim muassasalari va ommaviy axborot vositalari hamkorligini yana-da kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Mutaxassislar taʼkidlaganidek, mazkur oylik yoshlarda salbiy illatlarga qarshi ongli munosabatni shakllantirish va ularni sog‘lom kelajak sari yo‘naltirishda muhim qadam bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yangi talablar tasdiqlandi

Endilikda dori tarkibidagi GMO va hayvon xomashyosidan olingan moddalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etilishi shart bo‘ladi.

custom img

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni giyohvandlikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar giyohvandlikka qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

custom img

O‘zbekiston korrupsiyalashgan davlatlar reytingida nechanchi o‘rinda?

Dunyo davlatlarining korrupsiya darajasi bo‘yicha yangi hisobot e’lon qilindi.

custom img

O‘zbekistonning texnologiyalarni huquqiy tartibga solish tajribasi xalqaro forumda namoyish etildi

Akademik Akmal Saidov xalqaro huquqiy forumda O‘zbekistonning zamonaviy texnologiyalarni tartibga solish borasidagi yondashuvlari haqida ma’ruza qildi.

custom img

O'zbekistonda 5 oyda 59 ta narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirlar natijasida 1,2 tonna narkotik modda va millionlab psixotrop vositalar musodara qilingan.

custom img

Toshkentdagi avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

U jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, axloq va odob me’yorlariga zid harakatlarni sodir etgan.

custom img

Jurnalistlarning yangi Axloq-odob kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

Kodeks loyihasi jurnalistlarning kasbiy mas’uliyati, axborot ishonchliligi va media etikasi bo‘yicha zamonaviy me’yorlarni belgilashga qaratilgan.

custom img

Qurilishga ruxsat olish xarajatlari 2 barobargacha qisqartiriladi

Qurilish obyektlarini ulashda “1 ta ariza – 1 ta to‘lov” tamoyili joriy qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"