O'zbekiston

Andijonda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

Ayni paytda xatlangan avtomobil auksionda savdoga chiqarilgan.

Andijonda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

Kredit shartnomasi — ikki tomonning masʼuliyatli kelishuvi. Ammo qarz o‘z vaqtida qaytarilmasa, uning oqibati garov mol-mulki orqali qoplanishi muqarrar.

 

Shu kabi holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituviga “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiali foydasiga qarzdor X.I.dan jami 126 mln so‘m undirish haqida sud hujjati kelib tushdi. Sud qaroriga muvofiq, undiruv qarzdorga tegishli “HAVAL H6” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.

 

Qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmagani uchun ijro harakatlari olib borilib, qora rangli “HAVAL H6” avtomashinasi xatlandi.

 

Hozirda ushbu avtomashina elektron onlayn-auksionga 248 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yilgan.Savdodan tushgan mablag‘ to‘liq qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi | Zamon.uz