O'zbekiston

O‘zbekiston va BMTTD Orol dengizi havzasida suvli-botqoq ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BMTTD Orol dengizi havzasida suvli-botqoq ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda

 

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuniga bag‘ishlangan “Iqlim, yer va suv resurslari chorrahasidagi suvli-botqoqli yerlar: Orol dengizi havzasi misolida” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda BMTning Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzulga uchragan hududlarida barqaror hayotni taʼminlash uchun ko‘llar, suvli-botqoq va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlarini saqlash hamda boshqarish loyihasi doirasida tashkil etildi.

 

   

 

Maʼlumki, har yili 2-fevral kuni nishonlanadigan Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni Ramsar konvensiyasi qabul qilingan sana bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu sana suvli-botqoq ekotizimlarning bioixilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv resurslarini tartibga solish hamda aholining barqaror turmush manbalarini taʼminlashdagi hal qiluvchi ahamiyatiga jamoatchilik eʼtiborini qaratishga xizmat qiladi.

 

Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekiston, xususan Orol dengizi havzasidagi suvli-botqoqli yerlar, ko‘llar va sohil ekotizimlarining ekologik barqarorlikni taʼminlashdagi o‘rnini muhokama qilish, ularni saqlash va tiklash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar hamda amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida ushbu ekotizimlarni muhofaza qilish orqali aholining turmush sifatini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tadbirda davlat organlari vakillari, akademik doiralar, xalqaro tashkilotlar, mustaqil ekspertlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari qatnashdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Green University vakillari maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.

 

   

 

Muhokamalar davomida Ramsar konvensiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning milliy yutuqlari, suvli-botqoqli yerlarni muhofaza qilishga doir ilmiy tadqiqotlar, shuningdek Aral Sea Wetlands loyihasi doirasida olingan amaliy natijalar taqdim etildi. Ilm-fan va taʼlimning roli, yoshlarni ekologik tashabbuslarga jalb etish, davlat idoralari, oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari seminarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

 

Tadbir yakunida manfaatdor tomonlar o‘rtasida muloqotni kuchaytirish, jamoatchilik xabardorligini oshirish hamda Orol dengizi havzasida suvli-botqoq ekotizimlarni muhofaza qilish, yer va suv resurslarini barqaror boshqarish sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda Ramsar xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli yerlar ro‘yxatiga O‘zbekistonning beshta hududi kiritilgan. Ular qatoriga Dengizko‘l ko‘li , Arnasoy ko‘llar tizimi , Tudako‘l va Quyimozor suv omborlari , Sudochye ko‘llari hamda Jiltirbas ko‘li kiradi. Ushbu hududlar noyob flora va fauna turlarini saqlash, suv balansini taʼminlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, suvli-botqoqli yerlar suv toshqinlari va qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish, shuningdek iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishda muhim tabiiy mexanizm hisoblanadi. Yer yuzasining taxminan 6 foizini egallashiga qaramasdan, sayyora bo‘ylab o‘simlik va hayvonot turlarining qariyb 40 foizi aynan ushbu ekotizimlarda jamlangan. Shu bois suvli-botqoqli yerlarni saqlash va tiklash ekologik barqarorlik bilan bir qatorda aholi farovonligi va mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishi uchun ham strategik ahamiyatga ega.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston va BMTTD Orol dengizi havzasida suvli-botqoq ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda | Zamon.uz