Jahon

“Epsteyn ishi”dan yangi faktlar oshkor bo‘ldi

FQB tomonidan o‘tkazilgan so‘roq jarayonida guvohlardan biri Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan aynan Jefri Epsteyn orqali tanishganini ma’lum qilgan.

“Epsteyn ishi”dan yangi faktlar oshkor bo‘ldi

 

 

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan Jefri Epsteyn ishi bo‘yicha ochiqlangan hujjatlar asosida yangi va bahsli ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. O‘tgan hafta jamoatchilikka taqdim etilgan materiallar hajmi 3 milliondan ortiq hujjatni tashkil etgan. Bu haqda El Pais nashri ma'lum qildi.

 

2019-yilda FQB tomonidan o‘tkazilgan so‘roq jarayonida guvohlardan biri AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan aynan Jefri Epsteyn orqali tanishganini ma’lum qilgan. Mazkur ko‘rsatma hujjatlarda qayd etilgan.

 

Shuningdek, hujjatlarda Epsteynning 2014-yilda Ukrainada sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan keyin Rothschild Group boshqaruv direktori Ariane de Rotshildga yo‘llagan xabari ham keltirilgan. Unda Epsteyn Ukrainadagi beqarorlikni “juda katta imkoniyatlar” sifatida baholagan.

 

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rothschild Group Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenkoga tegishli bo‘lgan Roshen shirinliklar kompaniyasini sotib olgani va Ukrainaning eng yirik gaz kompaniyasi — Naftogazga moliyaviy xizmatlar ko‘rsata boshlagani qayd etilgan.

 

Hujjatlarda, shuningdek, Epsteyn orolida zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmaganlar orasida ukrainalik bolalar soni ko‘p bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.

 

Mazkur oshkor etilgan faktlardan so‘ng Polsha va Turkiya rasmiylari Epsteyn fayllarida tilga olingan o‘z fuqarolariga nisbatan ehtimoliy zo‘ravonlik holatlarini tekshirish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Epsteyn ishi”dan yangi faktlar oshkor bo‘ldi | Zamon.uz