O'zbekiston

Toshkent—Chorvoq yo‘lida tezlik 80 km/soatgacha pasaytiriladi

2025-yilda mazkur yo‘nalishda 63 ta YTH qayd etilgan.

Toshkent—Chorvoq yo‘lida tezlik 80 km/soatgacha pasaytiriladi

 

Toshkent—Chorvoq avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi 80 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, davlat ahamiyatiga ega Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorvoq (4R-12) avtomobil yo‘lining aholi punktlaridan tashqarida joylashgan 6 ta qismida ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar mazkur yo‘nalishda kuzatilayotgan yuqori avariyaviylik darajasi bilan bog‘liq. Xususan, 2025-yilda yo‘lning 19-kilometridan 74-kilometrigacha bo‘lgan qismida tezlik rejimiga rioya qilmaslik oqibatida 63 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

 

Mazkur YTHlar oqibatida 15 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 50 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Qabul qilingan qaror yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.