O'zbekiston

2026—2028-yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tashkil etiladi

Yangi bog‘chalarda pedagoglar uchun 20 foizlik ustama joriy qilinib, maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan oshirilishi rejalashtirilgan.

2026—2028-yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tashkil etiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda bolalarning intellektual, ijtimoiy va ma’naviy rivojida muhim bo‘lgan ushbu bosqichni yangi sifat darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

 

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetgan. Biroq qamrovni 80 foizdan oshirish uchun qo‘shimcha bog‘cha o‘rinlariga ehtiyoj mavjud. Ayni paytda 39 ta tuman va shaharda bu ko‘rsatkich 70 foizdan pastligicha qolmoqda. Shuningdek, davlat va nodavlat bog‘chalardagi pedagog kadrlar salohiyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida qayd etildi.

 

Taqdimotda 2026—2028-yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari va ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlarini tashkil etish rejalari ma’lum qilindi. Ushbu bog‘chalarda qo‘shimcha rahbar hamda tarbiyachi-yo‘riqchi shtatlari joriy etilib, rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

 

Shuningdek, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etilishi belgilandi. Ta’lim jarayoni o‘yinga asoslangan modelda, bolalarning tabiiy qobiliyati va qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

 

Nodavlat ta’lim sektorini qo‘llab-quvvatlash ham asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Qamrov darajasi past hududlarda tadbirkorlarga ijara, subsidiya va imtiyozli kreditlar bo‘yicha qator yengilliklar berilishi rejalashtirilmoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan bog‘chalar uchun yer ijara to‘lovlari 30 yilgacha undirilmaydi.

 

Prezident taqdim etilgan chora-tadbirlarni puxta ishlab chiqish, bosqichma-bosqich joriy etish va maktabgacha ta’lim sifatini oshirish orqali bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratish muhimligini ta’kidladi. Mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2026—2028-yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tashkil etiladi | Zamon.uz