O'zbekiston

Chirchiqlik ota farzandi uchun aliment evaziga uy berdi

Erkak 2036 yilgacha bo‘lgan miqdor evaziga 3 xonali uyni hadya qilgan.

Chirchiqlik ota farzandi uchun aliment evaziga uy berdi

Majburiy ijro byurosining Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor K.F. dan undiruvchi R.M.ning foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

 

Qarzdor fuqaro 2023 yilning noyabr oyiga qadar bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Biroq, 2023 yilning dekabr oyidan 2025 yilning oktyabr oyiga qadar aliment pullarini to‘lamagani oqibatida katta miqdordagi qarzdorlik vujudga kelgan.

 

Shundan so‘ng, Byuroning Chirchiq shahar  bo‘limi davlat ijrochisi O.Nurmetov tomonidan 16.11.2025 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, “MIB Portal” elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan 2 ta mulklar aniqlangan va tegishli tartibda band solingan.

 

Bundan tashqari, qarzdor otaga nisbatan 17.11.2025 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taqiq qo‘yilgan.

 

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, qarzdor ota K.F. bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 2036 yilgacha bo‘lgan miqdor evaziga 3 xonali xonadonni hadya qildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Chirchiqlik ota farzandi uchun aliment evaziga uy berdi | Zamon.uz