O'zbekiston

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilgan yangi bog‘ tarixiy meros va umumiy qadriyatlarga hurmat ifodasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi

 

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomobod shahridagi ko‘chalardan biriga Toshkent nomi, yangi barpo etiladigan bog‘ga esa Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning muhim ramziy ifodasi sifatida baholandi.

 

Marosimda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif mazkur qaror O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi chuqur tarixiy hamda madaniy aloqalarni aks ettirishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdig‘idir.

 

Islomobodda tashkil etilayotgan Toshkent ko‘chasi ikki xalq o‘rtasidagi yaqinlik va hamkorlikni ifodalovchi muhim ramzlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilgan yangi bog‘ tarixiy meros va umumiy qadriyatlarga hurmat ifodasi sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, hurmat va o‘zaro ishonch rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi | Zamon.uz