O'zbekiston

2026-yilda IESlarda ta’mirlash orqali 182 MVt qo‘shimcha quvvat tiklanadi

Joriy yil IESlarda 35 ta energoqurilmada mukammal va o‘rta ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ishlab chiqarish quvvatlari va energiya samaradorligi oshiriladi.

2026-yilda IESlarda ta’mirlash orqali 182 MVt qo‘shimcha quvvat tiklanadi

 

2026-yilda issiqlik elektr stansiyalarida taʼmirlash kampaniyasi natijasida qo‘shimcha 182 MVt quvvat tiklanadi hamda eskirish darajasi 49 foizdan 47 foizga pasayadi.

 

Joriy yilda issiqlik elektr stansiyalarida taʼmirlash kampaniyasi doirasida jami 35 ta energoqurilmada mukammal va o‘rta taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, 9 ta energoblok, 12 ta qozon qurilmasi, 6 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi, 3 ta turbina qurilmasi hamda 2 ta gaz-porshen agregati taʼmirlanadi.

 

Hozirgi kunda generatsiya tizimining asosi bo‘lgan davlat issiqlik elektr stansiyalarining umumiy quvvati 13 277 MVtga teng bo‘lgan 153 ta energoqurilmasi ishlamoqda, ularning 37 tasini (6 711 MVt yoki 51 foizi) yangi zamonaviy, energiya samarador hamda tejamkor qurilmalar, qolgan 116 tasini (6 566 MVt yoki 49 foizi) anʼanaviy qurilmalar tashkil etadi.

 

2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida  issiqlik elektr stansiyalaridagi taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari elektr energiyasi bo‘yicha 182 MVtga, issiqlik energiyasi bo‘yicha esa 200 Gkal/soatga tiklanadi hamda uskunalarning eskirish darajasi 49 foizdan 47 foizga pasayishiga erishiladi.

 

Bu borada, mavsumga tayyorgarlik jarayonida tasdiqlangan ish rejalariga qatʼiy rioya etish, sozlash ishlarini sifatli bajarish hamda ijro intizomini taʼminlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan. Shu bilan birga, joriy taʼmirlash kampaniyasini samarali tashkil etish maqsadida mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish ham amalga oshiriladi.

 

Shuni taʼkidlash lozimki, taʼmirlash ishlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar - “General Electric” (AQSH), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya), “Harbin Electric Corporation” (Xitoy) kompaniyalari mutaxassislari ham  ishtirok etadilar.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2026-yilda IESlarda ta’mirlash orqali 182 MVt qo‘shimcha quvvat tiklanadi | Zamon.uz