O'zbekiston

O‘zbekiston gidroenergetika tizimi zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriladi

“O‘zbekgidroenergo” va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston gidroenergetika tizimi zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasining elektr energetikasi sohasida jahon miqyosida yetakchi hisoblangan “China Huaneng Group Co. Hong Kong, Ltd.” (Huaneng) kompaniyasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan strategik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, erishilayotgan natijalar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan istiqbolli tashabbuslar yuzasidan kompaniya vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish orqali gidroenergetika sohasini rivojlantirish, yirik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

 

Maʼlumot o‘rnida: “China Huaneng Group” korporatsiyasi 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida yirik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida uchinchi, Xitoyda esa yetakchi o‘rinni egallaydi. Korporatsiya tarkibiga 57 ta shoʻba kompaniya hamda 1000 dan ortiq gidroelektr stansiya, issiqlik elektr stansiyasi va shamol elektr stansiyalari kiradi. Uning umumiy energiya ishlab chiqarish quvvati 270 GVtni, yillik ishlab chiqarish hajmi esa 1,1 trillion kVt.soatni tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya “Fortune Global 500” reytingida dunyoning eng yirik 500 kompaniyasi orasida 256-o‘rinni egallab kelmoqda.

 

Uchrashuv davomida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov hamda “China Huaneng Group” kompaniyasining mintaqaviy direktori o‘rtasida o‘zaro hamkorlik doirasida yo‘lga qo‘yilgan yuqori darajadagi munosabatlar, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Qayd etish joizki, uchrashuv davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan qator istiqbolli va amaliy takliflar ilgari surildi. Mazkur takliflar taraflar tomonidan ijobiy baholanib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

O‘zbekiston gidroenergetika tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, sohaga raqamli yechimlar va sun’iy intellektni keng joriy etish maqsadida “Aqlli GES” konsepsiyasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli “China Huaneng Group Co. Hong Kong, Ltd.” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Taklif etilayotgan hamkorlik doirasida asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida gidrotexnik inshootlar va to‘g‘onlar xavfsizligini sun’iy intellekt yordamida uzluksiz monitoring qilish hamda erta ogohlantirish tizimlarini joriy etish, GESlarda ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, shuningdek, markazlashgan dispetcherlik markazi orqali barcha GESlarning faoliyatini real vaqt rejimida kuzatib borish ko‘zda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, yagona GES ma’lumotlar platformasini shakllantirish hamda sohaga moslashtirilgan sun’iy intellektga asoslangan “katta model”ni yaratish orqali texnologik jarayonlarni tahlil qilish, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, gidroenergetika sohasi mutaxassislarining Xitoy Xalq Respublikasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish hamda kasbiy malakalarini oshirish maqsadida amaliy tashrif bilan borishlari bo‘yicha muhim tashabbus ilgari surildi. Ushbu tashriflar doirasida mutaxassislar sun’iy intellekt asosida ishlovchi boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarish jarayonlarini amaliy o‘rganishlari qayd etildi.

 

Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston gidroenergetika tizimining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqishga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston gidroenergetika tizimi zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriladi | Zamon.uz