Jahon

Xitoy yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha muzokaralarda qatnashishdan bosh tortdi

Pekin AQSh va Rossiya arsenallari bilan solishtirganda o‘z yadroviy salohiyati ancha kichik ekanini ta’kidlab, asosiy mas’uliyat yirik davlatlar zimmasida ekanini bildirdi.

Xitoy yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha muzokaralarda qatnashishdan bosh tortdi

 

 

Xitoy yadroviy qurollarni nazorat qilish va qisqartirish bo‘yicha ehtimoliy xalqaro muzokaralarda qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakatning BMTning Jenevadagi bo‘linmasi huzuridagi vakili Tszyan Shen bayonot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning yadroviy salohiyati hajmi AQSh va Rossiya arsenallari bilan teng darajada emas. Shu sababli Pekin hozirgi bosqichda yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralarda ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti.

 

Xitoy vakili yadroviy qurolsizlanish borasidagi asosiy mas’uliyat eng katta yadroviy arsenalga ega davlatlar zimmasida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aynan shu davlatlar o‘z qurollarini sezilarli darajada va xalqaro nazorat ostida qisqartirish bo‘yicha aniq qadamlar tashlashi zarur.

 

Pekin rasmiylari bu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini saqlab qolayotganini va mavjud global yadroviy muvozanatda o‘zining hozirgi darajasini alohida holat sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha muzokaralarda qatnashishdan bosh tortdi | Zamon.uz