Jahon

Rossiyada migrantlar uchun daromad nazorati va soliqni oldindan to‘lash joriy etiladi

Agar daromad tasdiqlanmasa, migrantning vaqtincha yashash muddati qisqartirilishi mumkin.

Rossiyada migrantlar uchun daromad nazorati va soliqni oldindan to‘lash joriy etiladi

 

Rossiyada mehnat migrantlariga oid yangi tartiblarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Hukumatning qonunchilik faoliyati bo‘yicha komissiyasi “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun hamda Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni maʼqulladi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

 

Mazkur o‘zgartirishlar migrantlar daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirish, qo‘shimcha soliq majburiyatlarini joriy etish hamda qoidabuzarlik holatlarida mamlakatda qolish muddatini qisqartirishni nazarda tutadi.

 

Hujjatga ko‘ra, Rossiyada vaqtincha yashovchi xorijiy fuqarolar Ichki ishlar vazirligiga o‘zlarining qonuniy daromadlari haqida hujjatlar taqdim etishi shart. Bunga daromad to‘g‘risidagi maʼlumotnomalar, soliq deklaratsiyalari nusxalari yoki soliq to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Agar daromad tasdiqlanmasa, migrantning vaqtincha yashash muddati qisqartirilishi mumkin. Ushbu talab migrantlarning oila aʼzolariga ham taʼsir qilishi ehtimoli bor.

 

Shuningdek, minimal daromad darajasi alohida belgilanadi. Agar migrantning daromadi hududiy yashash minimumidan past bo‘lsa, ish ruxsatnomasini olish yoki uni uzaytirish imkoniyati bo‘lmaydi. Patentga birinchi marta murojaat qilayotgan shaxslar hamda jismoniy shaxslar uchun shaxsiy ehtiyojlar doirasida ishlovchilar uchun ayrim istisnolar saqlab qolinadi.

 

Bundan tashqari, shaxsiy daromad solig‘ini oldindan to‘lash talabi joriy etiladi. Jismoniy shaxslar tomonidan yollangan migrant ishchilar uchun to‘lov miqdori har bir voyaga yetmagan qaramog‘idagi bola uchun 50 foizga oshiriladi.

 

Rossiya Advokatlar assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bazaviy to‘lov stavkasi oyiga 1200 rubl, jismoniy shaxslar tomonidan yollangan migrantlar uchun esa oyiga 1700 rublni tashkil etadi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"