O'zbekiston

Andijonda bankdan qarzdor MCHJ binosi xatlandi

MIB xabariga ko‘ra, tashkilot 2,4 mlrd miqdoridagi kredit qarzini to‘lamay kelgan.

Andijonda bankdan qarzdor MCHJ binosi xatlandi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tijorat banklaridan olingan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, qarzdorlikni qoplash uchun garovga qo‘yilgan mulkka nisbatan majburiy choralar qo‘llaniladi.

 

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan sud hujjatlariga muvofiq, qarzdor masʼuliyati cheklangan jamiyat hisobidan undiruvchi “Garant bank” AJ foydasiga jami 2,4 milliard so‘m miqdoridagi kredit qarzi undirilishi belgilangan.

 

Sud hujjatlariga asosan undiruvni garovdagi javobgarga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va issiqxona inshootlariga qaratish belgilangan.

 

Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorlarga belgilangan tartibda ogohlantirishlar berildi. Ijro jarayoni davomida boshlang‘ich bahosi 3,7 milliard so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va issiqxona inshooti xatlandi.

 

Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda bankdan qarzdor MCHJ binosi xatlandi | Zamon.uz