Jahon

Kanadadagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Yana 25 nafar jarohatlangan shaxs mahalliy tibbiyot markazida tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Kanadadagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

 

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida joylashgan Tumbler Ridge o‘rta maktabida sodir bo‘lgan otishma oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi bilan birga jami 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CBS xabar berdi.

 

Hodisa joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar olti nafar jabrlanuvchining jasadini aniqlagan. Yana bir jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Keyinchalik voqeaga aloqador hududlardan yana ikki nafar halok bo‘lgan shaxs topilgan. Gumon qilinayotgan hujumchi o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohatlar bilan o‘lik holda aniqlangan.

 

Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan ikki nafar jabrlanuvchi vertolyot orqali shifoxonaga yetkazilgan. Yana 25 nafar shaxs mahalliy tibbiyot markazida tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Dastlabki ogohlantirishlarda gumondor jigarrang sochli ayol sifatida tasvirlangan. Keyinchalik politsiya boshqa gumondorlar yo‘qligiga ishonch bildirgan. Hozirda hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur maktabda 7–12-sinflarda taxminan 170 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida maktab hamda yaqin hududdagi ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kanadadagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz