Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak terrorchilik rejasida ayblanib, 20 yilga qamaldi

U terrorchilik harakati uchun nishonni aniqlash, kuzatuv o‘tkazish hamda portlovchi qurilma tayyorlash uchun joy tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak terrorchilik rejasida ayblanib, 20 yilga qamaldi

Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridagi Janubiy okrug harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosini Stavropol o‘lkasi hukumati binosiga nisbatan terrorchilik hujumini rejalashtirishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, u 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Maʼlum qilinishicha, mahkum jazoning dastlabki besh yilini qamoqda, qolgan muddatini esa qattiq tartibli koloniyada o‘taydi. Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima ham belgilangan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, 2023-yil yanvar oyida erkak Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti manfaatlari yo‘lida harakat qilishga tayyorligini bildirgan videomurojaat yozib olgan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, u tashkilot yetakchisining ko‘rsatmalari asosida Rossiya hududida terrorchilik hujumi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan aholi punktini tanlash, nishon bo‘yicha razvedka o‘tkazish hamda qo‘lbola portlovchi qurilma tayyorlash uchun zarur binolarni ijaraga olish majburiyatini olgan.

 

2023-yil 23-sentabr kuni u O‘zbekistondan Rossiyaga kelib, Stavropol shahrini tanlaganini maʼlum qilgan. Shundan so‘ng u bir nechta obyektlarning foto va video tasvirlarini tayyorlab, ularni tashkilot vakillariga yuborgan.

 

Keyinchalik unga ehtimoliy hujum manzili sifatida Stavropol o‘lkasi hukumat binosi ko‘rsatilgan. 2023-yil dekabr oyida u portlovchi moslama tayyorlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni xarid qilib, ularni yashirin joyda saqlagan.

 

2023-yil 18-dekabr kuni u Rossiya xavfsizlik xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan. Sud jinoyatning og‘irligini hisobga olib, eng og‘ir jazolardan birini tayinlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak terrorchilik rejasida ayblanib, 20 yilga qamaldi | Zamon.uz