O'zbekiston

Yangi O‘zbekistonda sud mustaqilligi — adolat va qonun ustuvorligining asosiy kafolati

Sudyalarni tayinlash tizimi yangilanib, 10 yillik muddat amaliyoti bekor qilinib, sudyalar dastlab besh yillik sinov muddatiga, keyin esa muddatsiz faoliyat yuritish tartibi joriy etilmoqda.

Yangi O‘zbekistonda sud mustaqilligi — adolat va qonun ustuvorligining asosiy kafolati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatda sud-huquq tizimini isloh qilish jarayonlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat nafaqat sud organlari faoliyatini takomillashtirishga, balki sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudyalarning kasbiy nufuzini oshirish va jamiyatning sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan kompleks huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Farmonda sudyalar hamjamiyati organlarining roli alohida taʼkidlanib, ularni sud tizimidagi asosiy institutsional tayanch sifatida rivojlantirish maqsad qilingan. Sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish orqali kadrlar masalasida shaffoflik va xolislikni taʼminlash ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, sudyalarni tayinlash, lavozimga ko‘tarish, intizomiy javobgarlik masalalarini hal etishda maʼmuriy taʼsirlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Farmon bilan sudyalarni tayinlash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Ilgarigi o‘n yillik muddat amaliyoti bekor qilinib, sudyalar dastlab besh yillik sinov muddatiga, keyin esa muddatsiz faoliyat yuritish tartibi joriy etilmoqda. Bu o‘zgarish sudyalarning kasbiy barqarorligini taʼminlab, ularning qaror qabul qilishda mustaqilligini kuchaytiradi. Sudya o‘z lavozimi barqaror ekanini his etgan holda, faqat qonun va ichki ishonchga tayanib ish yuritishi mumkin.

 

Sud tizimi rahbar lavozimlariga tayinlash jarayoni ham ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi. Tuman, shahar va tumanlararo sudlar raislari hamda ularning o‘rinbosarlari aniq mezonlar bo‘yicha saralanadi. Bu esa rahbarlik lavozimlarida professional va halol kadrlar faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan.

 

Sudyalar faoliyatini baholash sohasida ham muhim yangiliklar nazarda tutilgan. “Halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” tushunchalari qonun darajasida aniq mezonlar bilan mustahkamlanadi. Bu intizomiy ishlar yuritishda subyektivlikni kamaytirib, adolatli va shaffof baholash tizimini shakllantiradi.

 

Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirish tartibida ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Kengashning doimiy aʼzoligiga nomzodlar sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan tavsiya etiladi va kamida yetti yillik sudyalik tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, jamoatchilik asosidagi aʼzolar huquqshunoslik sohasidagi ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ko‘rsatiladi. Bu tartib Kengash faoliyatida professionallik bilan jamoatchilik nazorati o‘rtasida muvozanatni taʼminlaydi.

 

Farmon sudyalikka nomzodlarni tanlash jarayonida ochiqlikni kuchaytirishni ham nazarda tutadi. Sud tizimidagi bo‘sh lavozimlar, tanlov bosqichlari va tayinlash jarayonlari haqidagi maʼlumotlar Kengashning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi. Bu esa sud tizimida kadrlar masalasida shaffoflikni taʼminlaydi va fuqarolar ishonchini oshiradi.

 

Zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish Farmonning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Sudyalikka nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali avtomatik olish, sunʼiy intellekt vositalari orqali faoliyat samaradorligini baholash, psixologik moslikni aniqlash dasturlarini takomillashtirish kabi choralar inson omili taʼsirini kamaytirish va xolis qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

 

Sud mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Sudyaga nisbatan intizomiy ish ko‘rib chiqishda uning himoya huquqi taʼminlanadi, jazo choralari aniq va adolatli tartibda qo‘llaniladi. Sudya mustaqilligiga aralashish holatlariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish takliflari ham ilgari surilgan. Bu normalar sudyalarning qonun doirasida erkin faoliyat yuritishiga huquqiy kafolat yaratadi.

 

Farmon gender tenglik masalasiga ham alohida o‘rin bergan. Sud tizimida ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida xotin-qizlar uchun kvotalar joriy etiladi. Shuningdek, ayol sudyalar kasbiy hamjamiyatini rivojlantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida tajribali sudyalarning Odil sudlov akademiyasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi va keyinchalik sudyalik lavozimiga qaytishi kafolatlanadi. Bu sud amaliyoti va ilmiy yondashuv uyg‘unligini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Mazkur Farmon sud tizimida ochiqlik, adolat, professionallik va mustaqillikni taʼminlashga qaratilgan kompleks islohotlar dasturidir. Sudyalar hamjamiyati organlarining vakolatlari kengayishi, kadrlar tanlovida shaffoflikning taʼminlanishi, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va gender tenglikka eʼtibor qaratilishi sud hokimiyati nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu islohotlar fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, huquqiy davlat barpo etish yo‘lida mustahkam poydevor yaratadi.

 

 

Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining tergov sudyasi Yodgorov Suxrob Amirovich.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi O‘zbekistonda sud mustaqilligi — adolat va qonun ustuvorligining asosiy kafolati | Zamon.uz