O'zbekiston

“Boshqa davlatlardan orqada qolyapmiz” — Sherzod Kudbiyev uy qurish sur’atlarini tanqid qildi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni qurib bitkazish o‘rtacha uch yil davom etmoqda.

“Boshqa davlatlardan orqada qolyapmiz” — Sherzod Kudbiyev uy qurish sur’atlarini tanqid qildi

 

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurib bitkazish jarayoni boshqa davlatlarga nisbatan sekin kechmoqda. Bu haqda 26-yanvar kuni Toshkent shahrida qurilish sohasidagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi.

 

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan muloqotda hukumat va biznes vakillari sohadagi muammolar hamda ularning yechimlarini muhokama qilgan. Kudbiyevning aytishicha, O‘zbekistonda bir ko‘p qavatli uyni qurish o‘rtacha uch yil vaqt oladi. Boshqa davlatlarda esa bu jarayon 1 yil 8 oyda yakunlanadi.

 

“Bizda nega uy qurilishiga uch yil ketadi? Muammo yerdami, qurilish materiallaridami yoki byurokratiyadami? Tartiblarni soddalashtirib, qurilish muddatini qisqartirmoqchimiz. Buning uchun yerni qurilishga tayyor holda sotish mexanizmi joriy etiladi. Qayerda, qachon va nechta uy qurilishi, vaqtida bitmasa javobgarlik kimda bo‘lishi, elektrga belgilangan muddatda ulanmasa qanday chora ko‘rilishi aniq belgilanadi”, dedi qo‘mita raisi.

 

Uchrashuvda ayrim tadbirkorlar qurilish qonun-qoidalariga amal qilmayotgani ham tanqid qilindi. Jumladan, ruxsat etilgan qavatdan ortiq qavat qurish yoki qishloq xo‘jaligi yerlarida bino barpo etish holatlari uchrayotgani qayd etildi. Tartibsiz qurilishlar kelajakda shaharlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlandi.

 

Kudbiyev “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasiga ham to‘xtalib, fuqarolar uyidan chiqib 15 daqiqa ichida ishxona, park, bozor yoki poliklinikaga yetib borishi mumkin bo‘lgan infratuzilma yaratish zarurligini bildirdi. Aks holda, transport tirbandliklari va infratuzilma yuklamasi keskin oshishi mumkinligini qayd etdi.

 

Shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishdagi qoidabuzarliklar ham tilga olindi. Amaldagi talablarga ko‘ra, bir gektar maydonning 33 foizida qurilish olib borilishi, kamida 25 foizi esa yashil hudud bo‘lishi lozim. Biroq ayrim hollarda yashil hududlar 12 foizgacha qisqarayotgani aytildi.

 

Ma’lumot uchun, shaharsozlik normalariga ko‘ra, turar joy hududlari aholi soni va binolar qavatiga qarab belgilanadi. Masalan, baland qavatli uylar uchun har ming kishi hisobiga 7 gektar, yakka tartibdagi uylarda esa 20–25 gektar yer ajratilishi kerak. Turar joy hududlarida yashil maydonlar ulushi kamida 25 foiz bo‘lishi tavsiya etiladi. Toshkent shahrida esa har 100 kvadrat metr bino maydoniga kamida bitta daraxt va ikkita buta ekilishi shart.

 

Qonunchilikka ko‘ra, tasdiqlangan bosh rejaga zid ravishda qurilish olib borish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurib bitkazilgan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 100 mingni tashkil etgan. O‘tgan yil yakunida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 55 mingdan oshib, bir yil avvalgiga nisbatan 12 foizga ko‘paygan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Boshqa davlatlardan orqada qolyapmiz” — Sherzod Kudbiyev uy qurish sur’atlarini tanqid qildi | Zamon.uz