O'zbekiston

«O‘ztest» markazi tugatiladi

Sertifikatlash tizimi xalqaro standartlarga moslashtirilib, majburiy sertifikatlash bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

«O‘ztest» markazi tugatiladi

 

 

O‘zbekistonda texnik tartibga solish va sertifikatlash tizimini isloh qilish doirasida «O‘ztest» markazi tugatiladi, Akkreditatsiya markazi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni sohaga oid taqdimot bilan tanishuv jarayonida ma’lum qilindi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, Akkreditatsiya markazi endi alohida agentlik buyruqlariga emas, balki faqat xalqaro standartlarga asoslanib faoliyat yuritadi. Bu esa sertifikatlash tizimining mustaqilligini ta’minlash va tadbirkorlarning davlat idoralariga qaramligini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, yangi tizimda talabga javob bermaydigan mahsulot aniqlanganda, tadbirkorning butun faoliyati emas, aynan o‘sha mahsulotning muomalasi cheklanadi. Bu yondashuv rivojlangan davlatlar tajribasiga mos bo‘lib, adolatli raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

 

So‘nggi to‘rt yilda O‘zbekistonda milliy standartlarning qariyb yarmi xalqaro talablarga moslashtirildi. Akkreditatsiya tizimi esa 185 ta davlat orasida 29-o‘rinni egalladi. Mahalliy laboratoriyalar natijalari Germaniya, Koreya va Yaponiya kabi 37 ta davlat tomonidan tan olinmoqda.

 

Islohotlar doirasida xavfi yuqori bo‘lgan 156 turdagi mahsulotni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilindi, majburiy sertifikatlash talab qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati esa 27 foizga qisqartirildi. Endilikda sertifikatlash tizimini soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani kamaytirish va korrupsiya xavfini cheklash maqsadida xavf-tahlilga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, eskirgan standartlarni bekor qilish va to‘liq xalqaro standartlarga o‘tish rejalashtirilgan. Hozir mavjud 33 mingdan ortiq standartning yarmi zamonaviy talablarga mos emas. Shu sababli ayrim texnik reglamentlar bekor qilinadi, minglab yangi xalqaro standartlar bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Islohotlar natijasida sinov va sertifikatlash xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Hozirda mamlakatda 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlash tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Kelgusida «Intertek», «SGS», «Bureau Veritas» va «TÜV» kabi yirik xalqaro kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.

 

Mazkur o‘zgarishlar mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro savdo talablariga moslashish va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini tezlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

«O‘ztest» markazi tugatiladi | Zamon.uz