O'zbekiston

Innovatsion rivojlanish agentligida “Olima” klubi tashkil etiladi

Yangi tashabbus olimalar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish agentligida “Olima” klubi tashkil etiladi

 

 

 

Innovatsion rivojlanish agentligida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Ilm-fanda ayollar ovozi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda olimalar, yosh tadqiqotchilar, startap asoschilari, talaba-qizlar hamda qator vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Erkin muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, mavjud grant va dasturlardan samarali foydalanish, tadqiqot yo‘nalishlarini bugungi kunning dolzarb masalalariga qaratish, olimalar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar va ixtirolarni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Ishtirokchilar ilm-fan sohasida ayollar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish platformalarini kengaytirish, ilmiy faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan ijtimoiy omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirdi. Shuningdek, o‘zbek olimalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish zarurligi,  ta’kidlandi.

 

Tadbir yakunida Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Olima” klubini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur klub ilm-fan va innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, olimalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, “Olima” klubi nafaqat ilm-fan sohasida faol ayollarni birlashtiradi, balki jamiyatda ayollarning ilmiy salohiyatini keng namoyon etish uchun muhim platformaga aylanishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Innovatsion rivojlanish agentligida “Olima” klubi tashkil etiladi | Zamon.uz