O'zbekiston

Inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash yo‘lidagi yangi qadam

12 fevral kuni "BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhining vakolati va faoliyati" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash yo‘lidagi yangi qadam

 

12 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida "BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhining vakolati va faoliyati" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda davlat organlari, sud tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, advokatlar, ilmiy hamjamiyat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, BMT Inson huquqlari qo‘mitasi aʼzosi Akmal Saidov tadbirni ochar ekan, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini taʼminlash qonun ustuvorligi va jamiyatning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchining asosiy mezonlaridan biri ekanligini taʼkidladi. Yangi O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilishning milliy huquqiy va institutsional mexanizmlarini izchil mustahkamlab borayotgani, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus mexanizmlari bilan hamkorlikni kengaytirayotgani, xalqaro hamkorlikni huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirishning amaliy vositasi sifatida ko‘rayotgani qayd etildi.

 

Seminarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi raisi-maʼruzachisi Ganna Yudkovskaya asosiy maʼruzachi sifatida so‘zga chiqdi. U ishchi guruhning vakolati, individual murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, shoshilinch choralar ko‘rish mexanizmlari, shuningdek, davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik amaliyoti haqida tushuntirishlar berdi.

 

Muhokamalar davomida, xususan:

- ozodlikdan mahrum qilishning qonuniyligini taʼminlashning xalqaro standartlari;

- ushlab turish va qamoqda saqlash vaqtidagi protsessual kafolatlar;

- ishchi guruhning murojaatlari va tavsiyalariga davlatlarning javob berish tartibi;

- idoralararo muvofiqlashtirish va axborot almashishni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Seminar ishtirokchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri professional tajriba almashish katta amaliy ahamiyatga egaligini taʼkidladilar. Tomonlar BMT mexanizmlari doirasida o‘zboshimchalik bilan hibsga olishning oldini olish hamda milliy huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

 

Ushbu seminarning o‘tkazilishi Yangi O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini mustahkamlash, huquqiy savodxonlikni oshirish va davlat organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha izchil siyosatini amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

 

custom img

G‘oliblar 15 million so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadi

Toshkentda o‘tkaziladigan “Tashkent International Half Marathon – 2026” yarim marafonida g‘oliblar 1 million so‘mdan 15 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi

IIO xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ko‘p qavatli uyning tomiga chiqib olgan fuqaro xavfsiz tarzda pastga tushirilgan.

custom img

Toshkentda avtomobillar oqimi 30 foizga oshdi, tirbandlik esa 6 ball darajasida saqlandi

Yangi o‘quv yilining ilk kunida transport oqimi oshdi, biroq tirbandlikning keskin kuchayishiga yo‘l qo‘yilmadi.

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"