O'zbekiston

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi: har bir g‘olib qariyb 600 mln so‘mga ega bo‘ladi

Respublika bo‘yicha 624 nafar pedagogning dars berish va o‘quvchilar bilan ishlash mahorati bilan baholanmoqda.

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi: har bir g‘olib qariyb 600 mln so‘mga ega bo‘ladi

 

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan «Yil o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tyapti.

 

Unda butun respublika bo‘yicha 624 nafar (har bir tuman (shahar)dan 3 nafardan) pedagog o‘zaro kuch sinashmoqda.

 

Sinov shartlari juda oddiy va o‘z o‘rnida murakkkab ham: nomzodlar o‘z fani bo‘yicha dars o‘tishadi hamda kimning darslarni o‘tish, o‘quvchilar bilan ishlash, ularni darsga qiziqtirish mahorati eng yuqori baholansa — o‘sha ustozlar keyingi bosqichda qatnashadi.

 

Aytgancha, oldinda yana bir (uchinchi) sinov sharti bor va undan o‘tgan 208 tuman (shahar)dan bir nafardan o‘qituvchi qariyb 600 mln pul sohibiga aylanadi.

 

Ikkinchi bosqich sinovlarini hakamlar hayʼati bilan birgalikda nomzod istiqomat qiluvchi tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar ham ovoz berish yo‘li orqali baholab boradi.

 

Bunda hakamlar 60 ballik tizim asosida, ovoz beruvchi o‘qituvchilar esa 40 ballik tizimda baholaydi.

 

Dars o‘tish jarayonlari (45 daqiqalik) uzluksiz, to‘liq va montajsiz tarzda videokameraga yozib olinib, pedagog.uzedu.uz platformasiga joylanadi. Undan keyin shu platforma orqali ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

 

Shu tariqa hakamlar hayʼati va pedagoglar tomonidan berilgan ballar asosida nomzodning umumiy natijasi shakllantiriladi.

 

Ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball to‘plagan 2 nafar nomzod tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

 

Yana bir bor aytib o‘tamiz: tanlov yakunlari bo‘yicha har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

custom img

OAK faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish rejalashtirilmoqda

custom img

Bir paytlar Farg‘onaning yuragi bo‘lgan Axsikent bugun qanday ko‘rinishda?

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryoning sokin oqimi bo‘yida qad rostlagan Axsikent xarobalari bugun ham o‘tmishning ulug‘ hikoyalarini so‘zlab turadi.

custom img

Senator yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasi yuzasidan senatorga senator so‘rovi yubordi

Senator Yoshlar ishlari agentligidan voyaga yetmaganlar ishsizligi sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda idoralararo hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot so‘radi.

custom img

Qashqadaryoda cho‘kayotgan bolani qutqargan FVV xodimi "A’lo xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

FVV xodimi  Husniddin Sharapov voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.

custom img

Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlaydi

Fuqarolarga tirbandliklarni olish maqsadida jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilindi.

custom img

Ogohlantirishga qaramay "rul"ga o‘tirgan 238 nafar bitiruvchi ushlandi

Ayrim viloyatlarda bitiruv tadbiriga avtomobil boshqarib kelgan qizlar ham aniqlangan.

custom img

O'zbekiston Qurbon hayiti arafasida Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

Balx viloyatiga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotidan iborat gumanitar yordam yetkazildi.

custom img

O‘zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"