Qashqadaryoda ota farzandlariga aliment evaziga uy berdi
Shu tariqa erkak farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlarini to‘liq amalga oshirgan.

Majburiy ijro byurosi Mirishkor tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.Q. foydasiga aliment undiruvi belgilangan edi. Mazkur hujjatga muvofiq aliment miqdori daromadning 1/2 qismi etib belgilangan.
Ijro harakatlari jarayonida qarzdor masalaga masʼuliyat bilan yondashib, farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari hisobiga 3 xonali uy-joy rasmiylashtirib berdi. Bu qaror nafaqat aliment majburiyatining to‘liq va barqaror ijrosini taʼminladi, balki farzandlarning kelajagi uchun mustahkam ijtimoiy himoya yaratdi.







