O'zbekiston

O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda Ramazonda “Xatmi Qur’on” o‘tkaziladi

“Xatmi Qur’on” tadbirlariga 3 642 nafar qori jalb qilingan.

O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda Ramazonda “Xatmi Qur’on” o‘tkaziladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekistonda joriy yilgi Ramazon oyiga barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi.

 

Qayd etilishicha, Ramazon oyini diniy va milliy qadriyatlarga uyg‘un holda o‘tkazish uchun barcha tashkiliy sharoitlar yaratildi. Joriy yil 16-fevral kuni “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinib, uning asosida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada faoliyat yuritayotgan 2 148 ta masjidning 2 101 tasida taroveh namozlari ado etiladi. Shundan 1 762 ta masjidda “Xatmi Qur’on” tadbirlari tashkil etiladi. Ushbu jarayonlarga 3 642 nafar malakali qori jalb etilgan.

 

Shuningdek, so‘nggi yillarda shakllangan ijobiy tajribadan kelib chiqib, “Xatmi Qur’on” tadbirlari barcha masjidlarda bir vaqtda boshlanib, Ramazon oyining 27-kechasi — Laylatul Qadr kechasida yakunlanishi rejalashtirilgan.

 

Taroveh tadbirlarini tartibli va xavfsiz o‘tkazish maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, yong‘in xavfsizligi xizmatlari hamda 2 104 ta maxsus texnika jalb etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.