O'zbekiston

21-fevral kuni O'zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

21-fevral kuni O'zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

O‘zgidromet 21 fevral kuni kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Prognozlarga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqini ehtimoli mavjud:

 

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

 

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

 

Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘ yo‘llarida harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etishga chaqirdi.

custom img

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

custom img

Surxondaryodagi dalada 4 kilo “gashish” topildi

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning yonidagi xo‘jalik qopidan qariyb 5 kg kannabis o‘simligi aniqlandi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"