O'zbekiston

O‘zbekistonda 2025 yilda 12 mingdan ortiq fuqaro firibgarlikda ayblanib sudlangan

Aybdorlarga jarima, majburiy ishlar, cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.

O‘zbekistonda 2025 yilda 12 mingdan ortiq fuqaro firibgarlikda ayblanib sudlangan

 

 

O‘zbekistonda firibgarlik jinoyati bo‘yicha sudlangan shaxslar soni maʼlum qilindi. Oliy sud matbuot xizmati bergan maʼlumotga ko‘ra, 2025-yil davomida mamlakatda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 12 mingdan ortiq fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Keltirilishicha, mazkur modda doirasida jami 12 749 nafar shaxsga nisbatan turli jazo choralar qo‘llanilgan. Jumladan, ayblanuvchilarga jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar tayinlangan. Shuningdek, hisobotda 137 nafar shaxsga nisbatan shartli jazo qo‘llangani qayd etilgan.

 

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari eng ko‘p Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida ko‘rib chiqilgan.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

custom img

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida bir kishi cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Marhumning jasadi cho‘kib ketganidan qariyb besh soat o‘tib topildi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"