Jahon

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush bu yil ham tugamaydi — OAV

Reuters manbalariga ko‘ra, Moskva muzokaralardan sanksiyalarni yumshatish uchun foydalanmoqda, tinchlik kelishuvi esa bu yil imkonsiz.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush bu yil ham tugamaydi — OAV

Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Reuters bilan gaplashgan besh nafar Yevropa razvedka rahbari Rossiya urushni yakunlashni istamayotganini bildirgan. Ulardan to‘rt nafari Moskva AQSH ishtirokidagi muzokaralardan sanksiyalarni yumshatish va biznes kelishuvlarini ilgari surish uchun foydalanayotganini aytgan.

 

Bu hafta Jenevada bo‘lib o‘tgan so‘nggi raund ham kirgan muzokaralar “muzokaralar teatri”, — deya baholagan Yevropa razvedkasi rahbarlaridan biri.

 

Reuters yozishicha, bu bayonotlar Yevropa poytaxtlari va Oq uy o‘rtasida “qarashlardagi hayratlanarli tafovut” mavjudligini ko‘rsatadi. Ukraina tomoniga ko‘ra, Oq uy AQSH Kongressidagi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan oldin — iyun oyiga qadar tinchlik kelishuviga erishishni istamoqda. AQSH prezidenti Donald Trump esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelishuvga tayyorligiga ishonishini aytgan.

 

“Rossiya tinchlik kelishuviga intilmayapti. U o‘zining strategik maqsadlariga erishmoqchi — va bu maqsadlar o‘zgarmagan”, — degan Yevropa razvedkasi rahbarlaridan biri.

 

Ularning aytishicha, bu maqsadlar qatoriga Vladimir Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatish va Ukrainani Rossiya bilan G‘arb o‘rtasida “neytral bufer hudud”ga aylantirish kiradi.

 

Yana bir razvedka rahbarining taʼkidlashicha, Rossiya tezkor tinchlikka muhtoj emas va uning iqtisodiyoti “halokat yoqasida emas”.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.