Jahon

Rossiya va Eron Tramp tahdidlari fonida Hurmuz bo‘g‘ozida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Harbiy tayyorgarlik Jenevada AQSH va Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng boshlandi.

Rossiya va Eron Tramp tahdidlari fonida Hurmuz bo‘g‘ozida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Eron va AQSH munosabatlari taranglashayotgan vaqtda bugun, 19 fevral kuni Bandar Abbos sohili yaqinida, Hurmuz bo‘g‘oziga tutash hududda Eron va Rossiya harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi.

 

Dushanba kuni esa Eron qurolli kuchlarining mafkuraviy qanoti hisoblangan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGS) strategik ahamiyatga ega Hurmuz bo‘g‘ozida mashg‘ulotlar boshladi. Bu mintaqada joylashtirilgan AQSH harbiy-dengiz kuchlariga ochiq signal sifatida baholanmoqda.

 

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — dengiz xavfsizligini mustahkamlash va ikki davlat flotlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish. Mashg‘ulotlar qancha davom etishi bo‘yicha aniq maʼlumotlar berilmadi.

 

Bu harbiy mashg‘ulot seshanba kuni Jenevada Ummon vositachiligida o‘tgan muzokaralarning ikkinchi bosqichidan so‘ng Eron nisbatan ijobiy kayfiyat bildirgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

 

Avvalgi muzokaralar 2025 yil iyun oyida Isroilning Eronga bergan misli ko‘rilmagan zarbasidan so‘ng barbod bo‘lgan edi. Bu hodisa 12 kunlik urushga sabab bo‘lib, unda AQSH ham qisqa muddat ishtirok etgan.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp mintaqaga katta harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirganini va buni “armada” deb atagan.

 

Eron rasmiylari AQSH bilan keskinlik kuchaygan paytlarda bir necha bor Hurmuz bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qilgan, biroq u hozirgacha hech qachon to‘liq yopilmagan.

 

Dunyo bo‘ylab neft va suyultirilgan gaz tashuvlarining muhim yo‘lagi bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi ilgari ham bir necha bor turli hodisalarga sahna bo‘lgan va AQSH–Eron muzokaralari fonida bosim kuchaygani sabab yana diqqat markaziga qaytdi.

 

Seshanba kuni Eron mazkur bo‘g‘ozda o‘tkazayotgan mashg‘ulotlari vaqtida “xavfsizlik sababli” uni bir necha soatga qisman yopishini eʼlon qildi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Rossiya va Eron Tramp tahdidlari fonida Hurmuz bo‘g‘ozida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi | Zamon.uz