O'zbekiston

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

Tezkor tadbirda u yerda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tayyorlayotgan 4 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi hamda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari olindi. Bu haqida DXX axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yuqori Chirchiq tumani hududida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada unda internet tarmog‘idagi narkodo‘konga xizmat qiluvchi, 1993, 1994 va 1995 yillarda tug‘ilgan, poytaxtlik 3 nafar fuqaro ketayotganligi aniqlanib, ulardan 37 dona “Tropikamid” hamda tarkibida pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi modda saqlagan 124 dona kapsula ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, internet narkodo‘konning “zakladchik”lari bo‘lgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxs ham ushlangan va ular tomonidan “zakladka” tarzida qo‘yilgan poytaxtning turli hududlaridagi xufiya joylardan jami 1186 dona “pregabalin” va 125 dona “Tropikamid” olingan.

 

Aniqlanishicha, ular kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan narkolaboratoriyadan olgan bo‘lib, davom ettirilgan tezkor tadbirda ushbu manzil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada, unda 1987, 1993, 1995 va 2000 yillarda tug‘ilgan 4 nafar shaxs kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tayyorlayotganliklari maʼlum bo‘lgan. Mazkur xonadondan 5130 dona “pregabalin” kapsulalari va 10 kg “pregabalin” moddasi, 75 dona flakonda “Tropikamid” va 6 kg “Tropikamid” moddasi, shuningdek, jami 60 ming dona bo‘sh kapsula va flakonlar, laboratoriya jihozlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda ushbu og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, 1987 yilda tug‘milgan shaxsning Shayxontohur tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada, uning uyidan va avtomashinasidan 16 227 dona “pregabalin”, 7 947 dona “Regapen”, 35 dona “Lirika” va 14 dona “Perge” – jami 24 223 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olingan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam kontrabandachilar tomonidan Qirg‘iz Respublikasidan Farg‘ona viloyati hududiga o‘tkazilgan ushbu dori vositalarini 34 ming AQSH dollari evaziga sotib olib, kelgusida Toshkent shahrida qayta sotish orqali mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, uning Farg‘ona viloyatidagi jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish va qo‘lga olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi | Zamon.uz