Jahon

Afg‘onistonda erkak shifokorlar ayol bemorlarga “mahram” deb eʼlon qilindi

Biroq diniy ekspertlar bu qarorni islomiy prinsiplarga mos emas deb tanqid qilmoqda.

Afg‘onistonda erkak shifokorlar ayol bemorlarga “mahram” deb eʼlon qilindi

Tolibon hukumatining qaroriga ko‘ra, erkak shifokorlar klinik sharoitda ayol bemorlarni davolashda “mahram” — diniy jihatdan ruxsatli qarindosh sifatida qaraladi. Bu haqida Afg‘oniston Tolibon boshqaruvidagi Aloqa vaziri Hamdulla Nomani maʼlum qildi.

 

Nomani 18 fevral kuni Kobulda shifokorlar bilan o‘tkazilgan tadbirda ayol bemorlarni davolash paytida erkak shifokorlar uchun maxsus diniy vakolat taqdim etilgani haqida gapirdi.

 

“Men, vazir sifatida, shahrimizda ayolning yuziga qarashga haqli emasman. Lekin sizga, shifokorlarga, ayol bemor operatsiya stolida yotganida uning barcha jismoniy qismlarini ko‘rish va hatto kiyimlarini yechishga ruxsat etilgan”, — dedi u.

 

Nomani shifokorlardan ushbu huquqni ehtiyotkorlik bilan ishlatishni so‘radi va suiisteʼmol qilinmasligini taʼkidladi.

 

Bu o‘zgarish Tolibon boshqaruvi ostida ayollarni taʼlim va ishga qabul qilishda qatʼiy cheklovlar davom etayotgan bir paytda eʼlon qilindi. Afg‘oniston bo‘ylab qizlar o‘rta va oliy taʼlimdan chetlatilgan, ayollar esa ko‘plab kasb va sohalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

 

Shuning uchun ham mamlakatda malakali ayol shifokorlar soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Sog‘liqni saqlash sohasida ayollarning cheklangan ishtiroki tufayli, ko‘plab hududlarda bemor ayollar uchun mos shifokor topish juda qiyin bo‘lgan.

 

Ilgari Tolibonning mahram talab qilinishi bo‘yicha amaliyoti shuni nazarda tutganki, ayollar faqat yaqin erkak qarindoshi (mahram) bilan birga bo‘lsa yoki faqat ayol shifokorlar tomonidan xizmat ko‘rsa davolanishi mumkin edi. Bu esa ko‘pincha ayollarni sog‘liqni saqlash xizmatlaridan mutlaqo mahrum qilardi.

 

 

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda erkak shifokorlar ayol bemorlarga “mahram” deb eʼlon qilindi | Zamon.uz