Jahon

AQSHning 13 shtati Trampni sudga berdi

Bunga qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun ajratilgan 1,2 milliard dollarlik moliyalashtirish bekor qilingani sabab bo‘lgan.

AQSHning 13 shtati Trampni sudga berdi

 

 

AQSHning 13 ta shtati federal hukumatning toza energiya loyihalari uchun ajratilgan moliyalashtirishni bekor qilish qarori yuzasidan Oq uy maʼmuriyatiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Kaliforniya gubernatori matbuot xizmati maʼlum qildi deydi TASS.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Kaliforniya boshchiligidagi shtatlar koalitsiyasi Kongress tomonidan tasdiqlangan qayta tiklanadigan energiya va infratuzilma loyihalari uchun mo‘ljallangan 1,2 milliard dollarlik mablag‘ning bekor qilinganini noqonuniy deb hisoblamoqda. Daʼvo arizasini Kolorado, Vashington, Konnektikut, Illinoys, Merilend, Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-York, Oregon, Rod-Aylend, Vermont va Viskonsin shtatlari rasmiylari ham qo‘llab-quvvatlagan.

 

Kaliforniya gubernatori Gavin Nevsom federal hukumatning mazkur qarorini tanqid qilib, moliyalashtirishni to‘xtatish yuz minglab ish o‘rinlari yaratilishiga tahdid solishi hamda sog‘liqni saqlash sohasida yiliga milliardlab dollar miqdoridagi iqtisodiy samaraga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatning toza energiya sohasidagi global raqobatbardoshligiga ham putur yetkazadi.

custom img

JCH uchun tanlangan hakam 38 yoshida vafot etdi

Unga nisbatan jinsiy tajovuz ayblovlari qo‘yilganidan so‘ng FIFA uni hakamlar ro‘yxatidan chiqargan edi.

custom img

Eron Quvaytdagi AQSh nishonlariga hujum qildi

AQSh Eronning bir qator harbiy obyektlariga zarba berdi, Tehron esa mintaqadagi AQSh nishonlariga javob hujumlarini amalga oshirdi.

custom img

AQSh Eronning qurol ishlab chiqarish quvvatining 84 foizini yo‘q qildi

AQSh prezidenti Eron harbiy sanoatiga katta zarar yetkazilganini ta’kidladi.

custom img

“Bu piar ham, bolalarni siyosatga jalb qilish ham emas” — Sadir Japarov qizi haqidagi bahslarga munosabat bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti farzandlarining siyosat va davlat ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

custom img

Xitoyga qaramlikni kamaytirish G‘arbga 23,6 trillion dollarga tushishi mumkin

Arzon Xitoy tovarlarini mahalliy tovarlar bilan almashtirish inflyatsiyani tezlashtirishi mumkin.

custom img

Tramp AQSH Hormuzning “qo‘riqchisi” bo‘lishini aytdi

Donald Tramp bo‘g‘oz orqali tashiladigan yuklardan 20 foiz miqdorida boj undirish rejasini ma’lum qildi. Eron esa buni rad etdi.

custom img

Iroqda korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida 375 kilogramm oltin musodara qilindi

Musodara qilingan oltin korrupsiyada gumonlanayotgan sobiq neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumayliyga oid jinoyat ishi doirasida aniqlangan.

custom img

Qirg‘iziston Prezidentining qizi ommaga ko‘rinish berdi

Sadir Japarov bu piar yoki siyosatga aralashishga urinish emasligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"