O'zbekiston

Buxoro va Navoiyda kuchli havo ifloslanishi kuzatildi

Ayrim joylarda PM2.5 mayda dispersli zarrachalari ruxsat etilgan meʼyordan 4,3-12,6 marta oshib ketdi.

Buxoro va Navoiyda kuchli havo ifloslanishi kuzatildi

Bugun, 20 fevral kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida atmosfera havosining ifloslanishi kuzatildi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati agentligi maʼlum qildi.

 

Bildirilishicha, Buxoro viloyati hududida kuchli shamol esmoqda. Shamol tezligi soat 20:00 holatiga 19 M/S-gacha kuchaygani qayd etilgan.

 

Navoiy viloyatida ham kuchli shamol esmoqda. Shamol tezligi soat 20:00 holatiga 20 M/S-gacha kuchaygani qayd etilgan. Shamol o‘z o‘rnida chang zarrachalarini yerdan atmosferaga ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

 

2026 yil 20 fevral kuni avtomatik monitoring stansiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Buxoro hududida soat 18:00 dan 19:00 gacha atmosfera havosidagi PM10 mayda zarrachalarining miqdori 1026-2979 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 2,1-5,9 marta oshib ketdi.

 

PM2.5 mayda dispersli zarrachalarining tarkibi 151-440 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 4,3-12,6 marta oshib ketdi.

 

Navoiy hududida soat 20:00 atmosfera havosidagi PM10 mayda zarrachalarining miqdori 1724 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 3,4 marta oshib ketdi.

 

PM2.5 mayda dispersli zarrachalarining tarkibi 298 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 8,5 marta oshib ketdi.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQvaM 0053-23 bilan taqqoslanadi. Atmosfera havosida PM10 mayda zarrachalarning maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasi 500 mkg/m3.

 

PM2,5 mayda dispersli zarrachalarning o‘rtacha yillik ruxsat etilgan konsentratsiyasi 35 mkg/m3.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoro va Navoiyda kuchli havo ifloslanishi kuzatildi | Zamon.uz